Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H.Karayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar hamkorligida Qaroli mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ayniqsa “qizil” toifaga kiritilgan hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan profilaktika inspektorining hisoboti eshitildi.
✔️Uchrashuv davomida mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy profilaktika choralarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
✔️Profilaktika inspektori tomonidan mahallada jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, “qizil” hudud maqomini bartaraf etish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
✔️Muhokamalar davomida deputat va mas’ullar tomonidan jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash, mahalla faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
✔️Tadbir yakunida mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini kamaytirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3