Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi madaniyat markazi faoliyati va mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Madaniyat sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahallada videokuzatuv tizimini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida un, non, go‘sht, sut mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa kundalik iste’mol mahsulotlarining narxlari tahlil qilinib, savdo rastalarida mahsulotlar yetarliligi hamda aholiga uzluksiz yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mahsulotlar narxining barqarorligini ta’minlash, sun’iy narx oshishlarining oldini olish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda mavjudligi va savdo jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 5