Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsiz muhitni yaratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi va Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Mahalladagi yo‘l infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI DOIRASIDA YOSHLAR MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Muhokama davomida mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport, madaniyat, kitobxonlik, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kasb-hunarga yo‘naltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yozgi ta’til davrida yoshlarni turli to‘garaklar, sport musobaqalari, ma’rifiy uchrashuvlar, ekskursiyalar va ijtimoiy foydali tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Mazkur ishlar “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonun, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi bilan hamohangdir.

Maqsad — yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom, bilimli, faol va vatanparvar etib tarbiyalashga ko‘maklashishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4