Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishga ixtisoslashgan “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Muassasada yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga tayyorlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mutasaddilar tomonidan yoshlarni kasbga yo‘naltirish va ularning doimiy bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning deputatlar bilan muloqotini yanada qulay tashkil etish maqsadida hudud deputatining QR-kod orqali murojaat yo‘llash imkoniyati hamda fuqarolarni qabul qilish jadvali aks ettirilgan e’lon mahallaning ko‘rinarli joyiga joylashtirildi. Mazkur tashabbus aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va ularning muammolariga samarali yechim topishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5