Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar yetarliligi deputat nazoratida
📍 Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar yetarliligi deputat nazoratida

❗️ Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat mutaxassislari va tuman ma'sul vakillar ishtirokida "Gulsaroy" MFY hududidagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlarning yetarliligi bo'yicha Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

📉 O‘rganish davomida kundalik ehtiyojdagi asosiy mahsulotlar (go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, donli va poliz mahsulotlari)ning sifati, zahirasi hamda sotuvchilar tomonidan belgilangan narxlarning barqarorligi ko‘zdan kechirildi. Rastalarda mahsulotlarning yetarliligi va aholi uchun qulay sharoitlar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ Xususan, Sh.Umarxodjayeva bozor xodimlari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning ishlash sharoitlari, savdodagi mavjud masalalar va iqtisodiy muammolarini ham tingladi.

📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Slide 1 of 10