Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2026-yil 13-maydagi farmoyishi asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov tomonidan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

📝 Jarayonda Kengash va kotibiyat faoliyatini tashkil etish, deputatlar bilan ishlash tizimi, deputatlik so‘rovlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, doimiy komissiyalar faoliyati, sessiyalarni tashkil etish hamda hujjatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📝 Shuningdek, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, deputatlik so‘rovlarining natijadorligini oshirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan o‘rganish va nazorat tadbirlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Amaliy-uslubiy yordam davomida kotibiyatda ish yuritish, mehnat intizomi, xizmat etikasi, elektron tizimlardan samarali foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda Kengash faoliyatini keng yoritish hamda Senat va amaldagi qonunchilik hujjatlari talablarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

📁 Shu bilan birga, deputatlarning 24 ta eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlarda muntazam o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borishi, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishi, fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni kengaytirishi hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy natijadorlikka erishishi lozimligi ta’kidlandi.

🤝 Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, Kengash va kotibiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik korpusi faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4