Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Mahalla yettiligi faoliyati diqqat markazida: "Istiqlol" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Mahalla yettiligi faoliyati diqqat markazida: "Istiqlol" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Joylarda "mahallabay" ishlash tizimi qanday natija beryapti? Aholini qiynayotgan masalalar qay darajada hal etilmoqda?

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O'.Rajabov hamda mahalliy Kengash deputatlari S.Rajabova va G.To'rayevalar tumandagi "Istiqlol" mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi"ning kundalik faoliyati va ish samaradorligi bilan yaqindan tanishdilar.

🔍 O‘rganishlar va muloqot davomida asosan quyidagi masalalarga e'tibor qaratildi:
Hokim yordamchisining aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari;

Xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar hamda ayollar bilan ishlash holati;

Mahalla raisi va profilaktika inspektorining hududda jinoyatchilikni oldini olish va obodonlashtirish borasidagi hamkorligi;

Shuningdek, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining fuqarolar bilan ishlashdagi natijalari tahlil qilindi.

💬 Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan yettilik vakillariga aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash yuzasidan o'zlarining kerakli tavsiya hamda ko‘rsatmalarini berdilar.