Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Kengash_faoliyati


Bandixon tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari nafaqat markazda, balki eng chekka va olis hududlarda ham izchil davom etmoqda. Ana shunday mahallalardan biri — Quduqsoy bugun o‘zgarishlar va yangilanishlar maskaniga aylanmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish maqsadida tumandagi "Quduqsoy" MFYda joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi G.Xolmatova mazkur ob’ektda bo‘lib, loyihaning borishi va sifat darajasini ko‘zdan kechirdi.

Eng quvonarlisi, bugungi kunda Quduqsoyda umumiy qiymati 3 milliard 300 million so‘m bo‘lgan, 240 o‘rinli zamonaviy maktab binosi bunyod etilmoqda. Qurilish maydonida ishlar jadal sur'atlarda davom etib, quruvchilar kelajak avlod uchun munosib ta'lim maskanini barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 5