Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Kengash_faoliyati
📈Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Navbahor" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi

🗣Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlarning doimiy nazoratida turibdi.

📍Xalq deputatlari tuman Kengash deputati K.Amanqulov o‘z saylov okrugiga qarashli “Navbahor‘” mahallasida bo‘ldi.
 
⏺Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

💬 Xususan, quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Aholi bandligi: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli va samarali sarflanishi;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xonadonbay sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

💬 Xalq deputatlari tuman Kengash deputati K.Amanqulov har bir ajratilayotgan kredit va subsidiyaning aniq natijadorligiga e’tibor qaratish, mahalla drayveridan kelib chiqib yangi tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hokim yordamchisiga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Slide 1 of 1