Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

         Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tuman Kengashi deputati E.Tursunov hududidagi Mirishkor mahallasida bo‘lib, Tashabbusli byudjet loyihasi asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish ishlari jarayonlari bilan tanishdi.

         O‘rganish davomida mahallaning Do'stlik ko'chasi hududidagi 3,5 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish-montaj ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

         Mazkur loyiha mahalla aholisining uzoq yillik murojaatlari va takliflari asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning yakunlanishi hududdagi transport qatnovi qulayligini oshirish hamda fuqarolar uchun munosib infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3