Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish holati yuzasidan hisobot tinglandi
янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ekologiya sohasidagi hisobot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish hamda suv ta’minoti tizimlari uzluksizligini yaxshilash masalasi yuzasidan deputatlardan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tumandagi suv inshootlari, suv taqsimlash tarmoqlari hamda ichimlik suvi yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud infratuzilmaning texnik holati, suv ta’minoti tizimlarining ishlash samaradorligi va aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Boyovut tumani bo‘limi mas’ullari ishtirokida hududlardagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lum qilinganidek, mazkur masalalar Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etilishi belgilandi.

Slide 1 of 7