Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonov tumandagi 25-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida kutubxona fondidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar, darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi, kitoblarni saqlash holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini boyitish hamda o‘quvchilarning zamonaviy bilim va axborot manbalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur sharoitlarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1