Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputati N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqo‘rg‘on” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi A.Babajanova faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan 2026-yil boshidan mahallada istiqomat qiluvchi 30 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash, 4 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish, 25 nafar fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

“Ijtimoiy daftarlar” ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holatlariga ham alohida e’tibor qaratilib, 21 nafar fuqarolar bilan ijtimoiy shartnoma tuzilganligi e’tirof etildi.

Uchrashuv yakunida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2