Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Qonun ustuvorligi mahallada: "Abdulla Avloniy" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati nazoratda!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘ldi.

📌Tashrifdan maqsad – mahalladagi profilaktika inspektorining faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tahlil qilish edi.

💬 Ushbu nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

💬 Xususan:
🟢Barvaqt oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar va ularning samaradorligi;

🟢Jamoat tartibi: Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mahallada osoyishta muhitni yaratishdagi faoliyat;

🟢Tushuntirish ishlari: Aholi, ayniqsa, yoshlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari;

🟢Xonadonbay tizim: “Xonadonbay” tizimida ishlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ularning muammolarini joyida hal etish holati.
🫥 O‘rganish yakunida profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalla hududida jinoyatchilikdan xoli muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

💬 "Profilaktika inspektori mahallaning qalbi va ko‘zi bo‘lishi shart. Har bir fuqaro o‘zini xavfsiz va himoyalangan his qilishi uchun bu sohadagi ishlar qat'iy nazorat ostida bo‘lishi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.
Slide 1 of 1