Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Aholining huquqiy himoyasi yo‘lida: "Madad" NNT faoliyati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) Termiz shahar huquqiy maslahat burosiga tashrif buyurib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬 Suhbat va tahlil jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🟢Bepul huquqiy ko‘mak sifati: “Madad” NNT tomonidan shahar aholisiga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat va amaliy yordamlar holati tahlil qilindi;

🟢Murojaatlar statistikasi: Fuqarolar ko‘proq qaysi sohalar (uy-joy, oilaviy munosabatlar, mehnat huquqi, ijtimoiy nafaqalar) bo‘yicha murojaat qilayotgani va ularning ijobiy hal etilish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi;

🟢Zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilishi: Tashkilot tomonidan fuqarolarga onlayn va oflayn tarzda xizmat ko‘rsatish tezkorligi hamda samaradorligi baholandi.

💬 Uchrashuv davomida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Bu esa mahallalarda o‘tkazilayotgan deputatlik o‘rganishlari davomida yuzaga kelayotgan chalkash huquqiy muammolarni joyida, professional darajada va tezkor hal etish imkonini beradi.