Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Kengash_faoliyati

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi

✅Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Bandixon tumani komissiyasining 2026 yilgi ish rejasiga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi o‘rinbosari
B.Yo'ldoshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari X.Abdimo'minov, O.Jumayev tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Bandixon tumani filialida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish jarayonida tayyorlangan savolnoma asosida tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek raqamlashtirish va ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.
Xususan, filialda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, xodimlar faoliyati ustidan ichki nazorat tizimi, aholi uchun murojaat qilish imkoniyatlari hamda davlat xizmatlarining elektron shaklda ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

✅Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot va profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, xizmat odobi va etika qoidalariga rioya qilinishi, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish davomida deputatlar tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Bandixon tumani filialida xodimlariga aholiga kadastr xizmatlarini ko‘rsatilishida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirib boriladi.

Slide 1 of 2