Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
#huquqiy_axborot_soati 🗣Mahallada yangi tizim: Aholi muammolarini hal etish raqamlashtirilmoqda!
Endilikda aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish jarayoni yagona savolnoma va “Raqamli mahalla” platformasi orqali yagona elektron tizimga birlashtiriladi.

💬 Qaror bilan joriy etilayotgan asosiy yangiliklar:

🟢“Mahalla yettiligi” faoliyati yanada kuchaytirildi
:
Endilikda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat jamoa hamkorlikda aholi muammolarini tizimli ravishda o‘rganadi va hal etadi.

🟢Yagona savolnoma joriy etildi:
Xonadonma-xonadon yurish (uybay o‘rganish) jarayonida fuqarolarning barcha ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari yagona standart asosidagi savolnoma orqali aniqlanadi. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yadi.

🟢“Raqamli mahalla” platformasi orqali monitoring:
O‘rganish natijasida aniqlangan barcha muammolar raqamlashtirilib, elektron tizimga kiritiladi. Muammoning turiga qarab, u hal etish uchun mas’ul tashkilotlarga avtomatik tarzda yo‘naltiriladi.

🟢Muammolarni tezkor hal etish mexanizmi:
Murojaat va masalalar elektron tizim orqali nazorat qilinadi. Mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan muammoni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar hamda muddatlar tizimda onlayn aks etib turadi.

📌Yangi tizimdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
▶️Aholi muammolarini dastlabki bosqichda — erta aniqlash;
▶️Davlat idoralari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlik ko‘priklarini mustahkamlash;
▶️Ijtimoiy himoya va davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish.

🫥Natijada, mahallalarda har bir fuqaro bilan individual (manzilli) ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, bu aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.