Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Nafosat” bolalar oromgohida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida bolalar oromgohida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Turkiston ko‘chasida 24/7 xizmat ko‘rsatish loyihasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yozgi ta’til davrida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

#24_ta_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, 18 nafar fuqaro doimiy ish bilan, 37 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali, 25 nafari mavsumiy ishlar orqali bandligi ta’minlangan. 5 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgan.

Mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 33 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilib, tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda xotin-qizlar bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 9 nafar kambag‘allik reyestridagi fuqaroga subsidiya olish uchun tavsiyanomalar berilgan.

287 nafar ishsiz fuqaro va yoshlarga jami 86,3 gektar yer maydoni ajratilib, sabzavotchilik, ko‘chatchilik va ozuqabop ekinlar yetishtirilmoqda. Joriy yilning 5 oyi davomida rejalashtirilgan 40 ta mikroloyihadan 14 tasi ishga tushirilgan.

Shuningdek, sobiq Yakkasaroy MMTP hududida mikrosanoat zonasi tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va takliflar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2