Deputat soʻrov ijrosi ta'minlanmoqda
Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati N. Ibragimova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida kiritilgan deputat soʻrovi ijrosi yuzasidan amaliy choralar koʻrildi.
Natijada Davud mahallasidagi Sharq Gavhari va Xalq Soʻzi koʻchalarining 2 km 320 metr qismida asfalt yotqizish ishlari boshlandi.
Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishda deputatlik nazoratining samarali natijasini namoyon etmoqda.