Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Akramov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov bilan birgalikda Qashqar mahalla
fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faolining faoliyatini o‘rgandilar.


O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar va
zamonaviy ko‘nikmalarga o‘qitish, shuningdek, mavjud muammolarini aniqlash va
tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan
manzilli ishlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak,
daromadli mehnat bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya mexanizmlaridan samarali foydalanish
holati o‘rganildi.


O‘rganish yakunida xotin-qizlarning bandligini oshirish, tadbirkorlikka jalb
etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha
tegishli tavsiyalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar yesa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga
kiritilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2