Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
MAXSUS PEDAGOGLAR FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA

Mazkur tanlovda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Gulirano Azimova ham ishtirok etib, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda maxsus pedagoglar mehnatini munosib e’tirof etish muhimligini ta’kidladi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — inklyuziv ta’lim sifatini oshirish, maxsus pedagoglarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or ish tajribalarini aniqlash va ommalashtirishdan iborat.

Tanlov nizomiga muvofiq, unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflarida faoliyat olib borayotgan maxsus pedagoglar ishtirok etdi. Bellashuv 3 ta shart asosida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Toshkent shahrida 131 ta umumta’lim maktabining 470 ta inklyuziv ta’lim sinflarida 670 nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ular bilan 270 nafar maxsus pedagog tomonidan korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Bunday tanlovlar maxsus pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, inklyuziv ta’lim tizimini yanada rivojlantirish hamda har bir bolaning sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3