Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taklif etilayotgan masalalar e’lon qilinmoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqda ko‘tarilgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
янв.21
“Ashirqulmergan” mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun “Mustaqillik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.   Interaktiv tarzda o‘tgan ochiq muloqotda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, zamonaviy multimedia vositalari orqali yurtimizdagi ulug‘vor loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi. “Mustaqillik soati” doirasida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi: • O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; • Yoshlarni kelgusi o‘quv yiliga hamda yangi ta’lim bosqichlariga puxta va motivatsiya bilan tayyorlash; • Yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar va ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyatini yetkazish.   Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatdan batafsil javoblar oldilar.

Dunyoning 15 ta davlati vakillari, eng iqtidorli va bilimdon yosh tibbiyotchi talabalari ishtirok etgan ushbu nufuzli bellashuvda vakilimiz barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu muvaffaqiyat yurtimizda yoshlarga, ayniqsa, ilm-fanga intiluvchan qizlarimizga berilayotgan yuksak e’tibor hamda Termiz yoshlarining ulkan salohiyatidan dalolatdir. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino vorislari bugun xalqaro miqyosda ham o‘z so‘zini aytishmoqda!