Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda “Qiziriqtumangaz” ta’minoti filiali rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Shuningdek, Qiziriq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari H. Jovliyev tomonidan “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

Bundan tashqari, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar ajratish masalasi yuzasidan axboroti eshitildi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, savol va takliflar bildirildi hamda mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan ovozga qo‘yilib, ma’qullandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Doimiy_komissiya_yigilishi

Slide 1 of 9