Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Xo‘jakent” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha hokim yordamchisi R.Amonov faoliyati Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak berish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, mahallada tashkil etilgan kichik biznes subyektlari, oilaviy tadbirkorlik loyihalari hamda o‘zini o‘zi band qilish dasturlari doirasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari holati bilan tanishildi.

🔺Aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ijrosining samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Kengash raisi tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2