Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Kengash_faoliyati

Bugun, 12-iyun kuni Bandixon tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdumalik Allamuradov va
xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Jurayev Erkinjon Normurodovichlar tomonidan navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Bandixon tumanida aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Inson manfaatlari va xalq roziligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida e’tiborda bo‘lib, har bir murojaat alohida nazoratga olinmoqda.

Murojaatlarda asosan oqova suv tizimini yaxshilash, ijtimoiy sohadagi masalalar, bandlikni ta’minlash hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarning taklif va fikrlari tinglandi.

Qabul davomida jami 8 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etilib, murojaatchilarni qoniqtirgan yechimlar topildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Bandixon tumanida har bir murojaat e’tiborda, har bir masala nazoratda. Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ularning hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etadi.

Slide 1 of 5