Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mutaxassisi Sh.Tog’ayev, 2-A.Navoiy saylos okrugi deputati L.Avezova, "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev hamda Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi davlat muassasasining bosh mutaxassisi H.Asrorov ishtirokida chiqindi poligoni faoliyati o’rganildi.
O’rganish davomida poligonda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish, saralash va joylashtirish ishlarining tashkil etilganligi, sanitariya-ekologik talablarga rioya qilinishi, yong’in xavfsizligi choralarining ko’rilganligi hamda hududni obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.
Shuningdek, chiqindilarni to’plash va olib chiqish xizmatlarining aholi uchun sifatli tashkil etilishi, maxsus texnikalarning texnik holati, ulardan samarali foydalanish, poligon hududida tartib-intizomni ta’minlash va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o’tkazildi.
Mutasaddilar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan choralar muhokama qilindi.
O’rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, poligon faoliyati samaradorligini oshirish, ekologik talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi salomatligi va atrof-muhit muhofazasini ta’minlashda chiqindilarni to’g’ri boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida sohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1