Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

📍 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌 Yig‘ilishda Guliston shahar mahalliy budjetining 2026-yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi hamda 2025-yil 2-mavsum va 2026-yil 1-mavsum “Tashabbusli budjet” jarayonlari yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha Kengash qarori ijrosi yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📈 Muhokamalar davomida shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimi Ozodbek Abduraxmonov tomonidan mazkur masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘lar hamda qarorlar ijrosi bo‘yicha hisobot va takliflar o‘qib eshittirildi.

📝 Komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, kun tartibidagi masalalarni Kengashning navbatdagi sessiyasiga kiritsh ma`qullandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

✅ Budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi hamda “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2