Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi ijrosi maktabda o‘rganildi
янв.21
Deputat tekstil fabrikasi qurilishi bilan tanishdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, qonun ustuvorligi hamda davlat organlari faoliyatida halollik tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Mazkur qonunlar korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, davlat va jamiyat boshqaruvida hisobdorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

📁 Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-419 | Qabul qilingan sana: 03.01.2017

📝 Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, yo‘nalishlari va mexanizmlarini belgilab, korrupsion holatlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishning huquqiy asoslarini yaratadi.

📝 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-931 | Qabul qilingan sana: 05.06.2024

📝 Ushbu qonun davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solish, xizmat vazifalarini xolis hamda adolatli bajarishni ta’minlashga qaratilgan.

💡 Mazkur qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1