Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

“Gʻalabaqqollik” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Xurlik” ko‘chasi, 1-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro R.Muhamadjonovning murojaati ko'rib chiqildi.

Murojaatda fuqaroning umr yo‘ldoshi M.Muhammadjonovaga davolanish uchun imtiyozli ravishda tibbiy yo‘llanma olish masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘rganish jarayonida tegishli tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari jalb qilinib, murojaatda ko‘rsatilgan holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, M.Muhammadjonovaga davolanish uchun imtiyozli tibbiy yo‘llanma ajratilishiga erishildi.

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga qonuniy va amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2