Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
QO‘QON SHAHRIDA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA KATTA QADAM!
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi: “Nurafshon” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Iqtisodiy islohotlar va narxlar barqarorligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari deputat va mutasaddilar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.

Attaron mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva, Attaron MFY raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla profilaktika inspektori tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili, ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida ta’kidlandi.

Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar

holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.

Deputat tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1