Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi: “Nurafshon” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Iqtisodiy islohotlar va narxlar barqarorligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari deputat va mutasaddilar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahalla obodligi va infratuzilmani yaxshilash — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda
янв.21
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi
#deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari I.Xolov, N.Fatullayeva hamda M.Hojiyevalar tomonidan “Tinchlik” mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rgandilar.
🛫O‘rganish jarayonida mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash tizimi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
🛫Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi holati atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish davomida fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
🛫Deputatlar tomonidan ijtimoiy xizmatlarni aholiga yanada sifatli va manzilli yetkazish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🛫Ta’kidlanganidek, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ayniqsa ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4