Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda
янв.21
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi
янв.21
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — xalq birdamligi va shukronalik ifodasi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — muhim vazifa
янв.21
Yoshlar ta’limiga e’tibor — kelajak sari muhim qadam
янв.21
Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat va mutasaddilar e’tiborida
янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: ajratilgan mablag‘, ammo boshlanmagan ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va Kengash deputati S.Bekmurodovalar tumandagi bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tashrif davomida ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar batafsil o‘rganildi.

Xususan, rangtasvir yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar, o‘quvchilarning ijodiy ishlari va asarlari ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning badiiy mahoratini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilayotgan to‘garaklar faoliyati hamda o‘qituvchilarning pedagogik yondashuvlari bilan tanishildi.

Shuningdek, maktabdagi mavjud sinf xonalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganilib, sohani yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijodiy ishlarini keng targ‘ib etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yosh ijodkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4