Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Iqtisodiy islohotlar va narxlar barqarorligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari deputat va mutasaddilar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahalla obodligi va infratuzilmani yaxshilash — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda
янв.21
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi
янв.21
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — xalq birdamligi va shukronalik ifodasi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — muhim vazifa
янв.21
Yoshlar ta’limiga e’tibor — kelajak sari muhim qadam
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Javohir Mirzaev Navoiy shahri hududida amalga oshirilayotgan “Sohil bo‘yi” loyihasining birinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Loyihaning umumiy uzunligi qariyb 2 kilometrni tashkil etishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning birinchi bosqichida 600 metrlik hududda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur hududda aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanini yaratish maqsadida kutubxona, selfi zonasi, avtoturargoh, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo va servis nuqtalari, food-traklar hamda Wi-Fi zonalari tashkil etilmoqda. Shuningdek, yangi o‘rindiqlar o‘rnatilib, zamonaviy yoritish tizimlari barpo etilmoqda.

Loyiha to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng, qariyb 120 ta yangi ish o‘rni yaratilishi va bir vaqtning o‘zida 3000 nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.

Shahar hokimligi mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida Javohir Mirzaev loyihani samarali amalga oshirish, hududning jozibadorligi hamda aholi uchun qulayligini yanada oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Slide 1 of 4