Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: ajratilgan mablag‘, ammo boshlanmagan ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Manzilli ijtimoiy yordam — deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy himoya va manzilli xizmatlar — deputat e’tiborida
янв.21
Aholi murojaati — amaliy yechim bilan hal etildi
янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat Sh.Dehqonov Qo‘qon shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada dori-darmon ta’minotini o‘rgandi
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov fuqaroning kadastr muammosini ijobiy hal etish choralarini ko‘rmoqda
янв.21
Mahalla rivoji va aholi bandligi — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar sport bilan — mahalla taraqqiyot bilan!
Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.

🏛 Deputatlar shahar hokimligida tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi» imkoniyatlari bilan tanishdilar.

📌 Bugun Farg‘ona shahar hokimligida shahar Kengashi deputatlari uchun sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida yangi tashkil etilgan «Raqamli monitoring markazi»ga tanishuv tashrifi tashkil etildi.

✅ Markazning asosiy maqsadi — raqamli algoritmlar yordamida shahar hayotidagi barcha muhim jarayonlarni nazorat qilish, tezkorlikni yo‘lga qo‘yish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

✅ Tanishuv davomida xalq vakillariga markazning texnik imkoniyatlari va ish prinsipi batafsil tushuntirildi. Mazkur zamonaviy majmua orqali, xususan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda quyidagi muhim jarayonlar onlayn tartibda kuzatiladi va nazorat qilinadi:

🔹 Aholi murojaatlari: Shahar miqyosidagi kelib tushayotgan barcha murojaatlarning ijro holati;

🔹 Jamoat xavfsizligi va tartib: Jamoat joylari hamda markaziy ko‘chalardagi aqlli videokuzatuv tizimlari;

🔹 Ekologiya va tozalik: Chiqindi yig‘ish shoxobchalari (chiqindixonalar) va ularning atrofidagi holatlar );(noqonuniy chiqindi tashlash holatlari sun’iy intellekt orqali avtomatik aniqlanadi

🔹 Mahallabay ishlash tizimi: Mahallalardagi «mahalla yettiligi» xodimlarining kunlik davomati va faoliyati samaradorligi.

✅ Muhim yangilik: Markazda tizimni integratsiya qilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgandan so‘ng, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar sun’iy intellekt tomonidan avtomatik saralanib, tegishliligi bo‘yicha mahalliy Kengash deputatlarining shaxsiy kabinetlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltiriladi.

✅ Bu tizim  sun’iy intellektdan foydalangan xolda deputatlarga o‘z saylov okruglaridagi muammolardan real vaqt (onlayn) rejimida xabardor bo‘lish, ularni tezkorlik bilan o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar oldiga qat’iy vazifalar qo‘yish orqali tizimli nazoratni kuchaytirish imkoniyatini beradi. Shaharni raqamlashtirish borasidagi ushbu loyiha aholi farovonligini ta’minlash va davlat organlarining xalq bilan ochiq muloqotini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

🇺🇿  Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook

Slide 1 of 9