🔴 Tashrif davomida “SUXROB ANGOR SURXON” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangidan tashkil etilgan g‘isht zavodining ishlash jarayonlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
🔴Ushbu loyihaning hayotga tadbiq etilishi hududda qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan birga, mahalliy aholi uchun yangi va doimiy daromad manbai yaratishga xizmat qilmoqda.
🔴Deputat korxonada yaratilgan yangi ish o‘rinlarida mehnat faoliyatini boshlagan hamda bandligi ta’minlangan fuqarolar bilan samimiy muloqot qilib, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.
🔴Suhbat davomida tadbirkorlik sub’ektining to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun zarur bo‘lgan infratuzilma masalalari va kelgusidagi kengayish rejalari atroflicha muhokama qilindi.
✅ Bu kabi amaliy o‘rganishlar mahallalarda ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiyotini jadal rivojlantirish yo‘lidagi muhim harakatdir.