🔴Kengash faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish masalasidir. Deputatlar mazkur yo‘nalishdagi 23-band ijrosi doirasida mahalla hududida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔴O‘rganishlar davomida deputatlar mahalla drayveri bo‘lgan issiqxonalar faoliyati va ularda mahsulot yetishtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
🔴Ushbu tadbirkorlik subyektlari nafaqat sifatli mahsulot yetishtirish, balki mahalladagi ishsiz fuqarolar uchun barqaror ish o‘rinlari yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
🔴O‘rganishlar yakunida tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🔴Bunday amaliy o‘rganishlar hududlarda aholi turmush farovonligini oshirish va "mahallabay" ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.