#jarayon
📚KUTUBXONA FAOLIYATIGA E’TIBOR!
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashi 23-Istiqbol saylov okrugi deputati D.Ataxodjayeva, kotibiyat mudiri B.Baxovadinov, bosh mutaxassis Sh.Eshovlar ishtirokida "Taraqqiyot" MFY hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kutubxonasi holatini o‘rganildi.
📕O‘rganish jarayonida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar va yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🖋Deputatlar kutubxonada kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda kitob fondini boyitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashdi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube