Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaati — amaliy yechim bilan hal etildi
янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida
янв.21
Deputat Sh.Dehqonov Qo‘qon shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada dori-darmon ta’minotini o‘rgandi
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov fuqaroning kadastr muammosini ijobiy hal etish choralarini ko‘rmoqda
янв.21
Mahalla rivoji va aholi bandligi — doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar sport bilan — mahalla taraqqiyot bilan!
янв.21
Chorchinor MFYda tadbirkorlik va kredit masalalari muhokama qilindi. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
янв.21
Obod mahalla - aholi farovonligining muhim omili
янв.21
Xonadonbay o‘rganishlar — aholi muammolarini manzilli hal etish yo‘lida
янв.21
Urganjibog mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi!
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sanjar Xudoyberdiyev tomonidan “Istiqlol” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan gaz ta’minoti tarmog‘idagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, diametri 325/273 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida bir dona zamonaviy filtr qurilmasini o‘rnatish ishlari monitoring qilindi.
Mazkur qurilma orqali tabiiy gaz tarkibidagi mexanik aralashmalarni tozalash, tizimning texnik barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga gazni yanada sifatli va uzluksiz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Deputat tomonidan jarayon bevosita joyida nazorat qilinib, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirilishi muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2