#24_ta_masala
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Yangiobod mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mahallada ichki yo‘llarni tartibga keltirish, ko‘chalarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish, ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram