Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obod mahalla - aholi farovonligining muhim omili
янв.21
Xonadonbay o‘rganishlar — aholi muammolarini manzilli hal etish yo‘lida
янв.21
Urganjibog mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi!
янв.21
Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida
янв.21
Rejalashtirilgan ishlar — nazorat va muvofiqlashtirish asosida
янв.21
Obod hudud va qulay yashash muhiti — deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashida deputatlar faoliyatini jonlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xotin-qizlar manfaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat ko‘magi: ehtiyojmand oilaning bandligi ta’minlandi, farzandi sog‘lomlashtirildi
янв.21
Mahalla bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zMTDP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig‘ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda saylovchilar murojaatlarini tizimli hal etish masalalari muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, partiya dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Bu borada mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini chuqur o‘rganish hamda aholi bilan ochiq muloqotlarni muntazam o‘tkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
 

Slide 1 of 1