Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiya tejamkorligi va kommunal xizmatlar — doimiy e’tiborda!
янв.21
Obod mahalla — ravon va sifatli yo‘llardan boshlanadi!
янв.21
Qo‘qon shahridagi 4-maktabda ijtimoiy soha ob’yektlarining holati o‘rganildi!
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati B.Usmanov tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Parpashabof mahallasidagi xonadonning yashash sharoitlari o‘rganildi!
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 27-“Gʻoziyog‘liq” saylov okrugi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahallasida navbatdagi sayyor qabul va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi: Aholi murojaatlari e'tibor markazida!
янв.21
MUAMMODAN YECHIMGACHA: DEPUTAT TASHABBUSI BILAN "SARBOTIR" KO‘CHASI RAVON BO‘LDI
янв.21
DEPUTATLAR VA XALQ MULOQOTI: QO‘QONNING YANGI RIVOJLANISH STRATEGIYASI AMALDA
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Majnuntol" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda deputat J.Xamroqulov "Majnuntol" mahallasiga tashriflari doirasida aholi bandligini ta'minlash bo'yicha amaliy natijalar bilan tanishdilar.

⏺Deputatlar dasturning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan — hududda yangi ish o‘rinlari yaratish va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini tahlil qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

💬 Mahalla hokim yordamchisi tashabbusi bilan ajratilgan 23 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga tashkil etilgan sartaroshxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.

💬 Bugungi kunda ushbu tadbirkorlik subyekti nafaqat mahalla aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda, balki yangi ish o‘rni yaratilishiga ham xizmat qilmoqda. Deputatlar hokim yordamchisining ushbu tashabbusini yuqori baholab, bunday samarali ish uslubini shahar miqyosida ommalashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.

🫥 Maqsadimiz — har bir mahalla fuqarosi uchun munosib ish o‘rni va barqaror daromad manbai yaratishdir!

Slide 1 of 1