#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori 2-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida og‘ir toifadagi Xosa MFY hududiga 1 mlrd 80 mln so‘m mablag‘ evaziga 3 ta TP, 182 ta temir-beton ustun hamda 6,4 kilometr SIP kabel tortilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram