📌 Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov ishtirokida Kattabog‘ mahallasida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🏡 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
💬 Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli fikrlar bildirildi.
📊 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.