📢 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangicha tartibda ishlamoqda!
2025-yil 26-dekabr kungi PF-258-son Farmoniga muvofiq, bugungi kunda ijtimoiy yordam tizimi tubdan yangilanib, amaliyotga joriy etilgan.
🔹 Yagona ijtimoiy reyestr
2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambag‘al oilalar reyestri” birlashtirilib, yagona tizim shakllantirildi.
🔹 Oila toifalari joriy etildi
Endilikda oilalar 3 toifaga ajratilmoqda:
▪️ Davlat ta’minotidagi oila — eng muhtoj, mehnatga layoqatsiz a’zolari bor
▪️ Kambag‘al oila — daromadi past, lekin mehnatga layoqatli a’zolari mavjud
▪️ Kambag‘allik chegarasidagi oila — daromadi minimal iste’mol darajasiga yaqin
🔹 “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi
2026-yilda 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
🔹 Imtiyozli ssudalar
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga tadbirkorlik boshlash uchun BHMning 75 baravarigacha foizsiz ssudalar ajratilmoqda.
💡 Mazkur islohotlarning maqsadi — aholiga manzilli, shaffof va samarali ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allikni qisqartirish.
✅ Yangi tizim orqali hech bir oila e’tibordan chetda qolmaydi!