Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Obod hudud va qulay yashash muhiti — deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashida deputatlar faoliyatini jonlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xotin-qizlar manfaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Deputat ko‘magi: ehtiyojmand oilaning bandligi ta’minlandi, farzandi sog‘lomlashtirildi
янв.21
Mahalla bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Energiya tejamkorligi va kommunal xizmatlar — doimiy e’tiborda!
янв.21
Obod mahalla — ravon va sifatli yo‘llardan boshlanadi!
янв.21
Qo‘qon shahridagi 4-maktabda ijtimoiy soha ob’yektlarining holati o‘rganildi!
янв.21
Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati B.Usmanov tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Paxtakor tumanida “drayver” loyihalar asosida amalga oshirilgan obyektlar o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova, viloyat Kengashi deputati A.Eshmatov va Paxtakor tuman Kengashi deputatlari X.Abduvohidov, Sh.Suvonqulov hamda K.Mamanovalar tumandagi “drayver” loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Jumladan, Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 3,125 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan “Samarqand” mahallasi hududidagi “Janubiy Mirzacho‘l” kanali qirg‘oqlarida tashkil etilgan aholi dam olish maskani sohil bo‘yi turizm obyekti bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida mazkur hududda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dam olish maskanining infratuzilmasi, sanitariya holati va xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 5