Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat M.Axmedova tomonidan “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Deputat M.Axmedova tomonidan “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Aprel oyi sarhisobi
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O’.Tojiyeva tomonidan Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida joriy hafta davomida rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 30-“Gʻishtko‘prik” saylov okrugi deputati J.Xusanov tomonidan “G'ishtkuprik” mahallasida fukorolar bilan uchrashuv bulib utdi.
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Qurbonova mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahallada 16–30 yosh toifasidagi jami 736 nafar yosh istiqomat qilishi, shundan 374 nafari qizlar ekani aniqlandi. Yoshlar uchun tashkil etilayotgan tadbirlar ma’lum darajada ijobiy samara berayotgan bo‘lsa-da, ayni paytda 11 nafar yoshning bandligi ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi.

Shu yil davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, futbol, gandbol, basketbol va voleybol sport turlari uchun sport anjomlari yetkazib berilgan, 2 nafar yoshning o‘qish kontrakt to‘lovlari qoplab berilgan.

Biroq o‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar ham aniqlangan. Jumladan, avtotransport haydovchilarini tayyorlash uchun subsidiya ajratilmagan, nogironligi bo‘lgan yoshlarning parasport to‘garaklariga qatnashish xarajatlari qoplanmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga ijara kompensatsiyasi to‘lanmagan.

Shuningdek, yoshlarning axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari qoplanmagani, ta’lim, madaniyat, san’at, sport hamda IT yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani qayd etildi.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bandligini ta’minlashni kuchaytirish hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida deputat tomonidan tegishli takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 1