Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Unda asosiy e’tibor o‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.
O‘rganish davomida:
✔️Maktab kutubxonasining kitob fondi va yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitilganlik darajasi;
✔️O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va ularga yaratilgan sharoitlar;
✔️Kutubxonaning moddiy-texnik holati va kitobxonlarni ro‘yxatga olish tizimi ko‘zdan kechirildi.
💬Kengash raisi maktab ma’muriyatiga kutubxona faoliyatini yanada jonlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida turli kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotlarning o‘rni haqida o‘z tavsiyalarini berdi.