Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tibbiy xizmat sifati — deputat nazoratida!!!
янв.21
Aholi murojaati – doimiy e’tiborda!!!
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Yu.Tuychiyev tomonidan yuborilgan "deputatlik so'rovi"ga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassis X.Abdullayevlar tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat M.Axmedova tomonidan “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi faoliyati o'rganildi.
янв.21
Deputat M.Axmedova tomonidan “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Aprel oyi sarhisobi
Termiz tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda

Termiz tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda

Termiz tumani 14-okrug deputati Jamila Safarovna Taxchiyeva "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida qilinayotgan ishlar hamda belgilangan vazifalar amaliyotga tadbiq etilish jarayonida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, "Termiz" MFY hududida aholi turmush farovonligini oshirish va hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda mahalladagi "Gulzor" ko‘chalariga zamonaviy talablar asosida asfalt yotqizish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Asosiy maqsadlar:

 Ichki yo‘llarning holatini yaxshilash;

 Aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish;

 Hududning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish.

Deputat nazorati ostida amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar mahalla ahlining ko‘p yillik muammolarini hal etish va hududni namunali maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6