Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahalla obodligi va infratuzilmani yaxshilash — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda
янв.21
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi
янв.21
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — xalq birdamligi va shukronalik ifodasi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — muhim vazifa
янв.21
Yoshlar ta’limiga e’tibor — kelajak sari muhim qadam
янв.21
Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputat va mutasaddilar e’tiborida
#24_ta_masala Hududdagi ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi hamda kotibiyat mudiri tomonidan 25-saylov okrugi hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabining faoliyati o‘rganildi O‘rganish jarayonida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, zamonaviy o‘quv-uslubiy xonalar, ta’lim jarayoniga joriy etilgan jihozlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay muhit alohida ko‘zdan kechirildi. Mazkur muassasada o‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun zarur infratuzilma bosqichma-bosqich yaxshilanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, maktab kutubxonasi faoliyati ham tahlil qilinib, 2026-yil holatiga ko‘ra jami 583 dona kitob mavjudligi aniqlandi. Avvalgi yillarda kutubxona fondi 800 donani tashkil etgani inobatga olinib, kitoblar sonini ko‘paytirish, ayniqsa, zamonaviy va o‘quv dasturlariga mos adabiyotlar bilan boyitish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud sharoitlardan samarali foydalanish hamda kutubxona fondini kengaytirish bo‘yicha Kengash raisi tomonidan aniq vazifalar berildi.

Slide 1 of 1