Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi infratuzilma masalalari deputat va mutasaddilar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda
янв.21
Mahalla obodligi va infratuzilmani yaxshilash — ustuvor vazifa
янв.21
Fuqaro murojaati — amaliy yordam bilan hal etilmoqda
янв.21
Mahalla obodligi va aholi farovonligi — deputat e’tiborida
янв.21
Mahalla obodligi — bosh maqsad: Deputat Sh.Nazarova “Vaqf chorsu” MFYdagi muammolarni joyida o‘rgandi
янв.21
“Ma’rifat va saxovat karvoni” — xalq birdamligi va shukronalik ifodasi
янв.21
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish — muhim vazifa
янв.21
Yoshlar ta’limiga e’tibor — kelajak sari muhim qadam
янв.21
Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Rajabov Chorshanbi tomonidan hududda joriy etilayotgan tomchilatib sug‘orish tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Unda dalaga tortilgan asosiy suv quvuri orqali suvning butun maydonga taqsimlanishi, shuningdek, nihollar yonidan o‘tgan ingichka quvurlar orqali suvning bevosita ildiz qismiga tomchilab yetkazilayotgani amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Mazkur o‘rganish davomida suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish natijasida suv resurslaridan oqilona foydalanilayotgani, ekinlarning samarali sug‘orilishi ta’minlanayotgani hamda agrotexnologiyalarning ilg‘or usullari amaliyotga keng tatbiq etilayotgani qayd etildi. Shuningdek, deputat tomonidan ushbu tizimni yanada kengaytirish, suvdan samarali foydalanish ko‘lamini oshirish hamda fermer xo‘jaliklarida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1